Oʻzbekistonda
taksi haydovchisi sifatida ishlash

 Yandex.Taxi hamkorlari bilan

Savollarga javoblar

Qancha daromad bo‘ladi?
arrow
Haydovchining yakuniy daromadi mintaqa va ish jadvaliga bog‘liq. Yandex.Taxi bilan bir haftada bir necha soat davomida pul ishlash, shuningdek, har kuni buyurtmalarni amalga oshirish mumkin. Xizmatga biriktirilgan haydovchilar uchun bonuslar mavjud. Daromad shaffofdir. Taksometrdagi “Daromad” bo‘limida barcha safarlar ro‘yxatini va quyidagilar bo‘yicha batafsil ma’lumotni ko‘rish mumkin: yoʻnalish, yo‘l haqi, bonuslar. Yo‘lovchilar sizga naqd pul va karta bilan toʻlashi mumkin. Ba’zida esa choy puli ham qoldirishadi :)
Bonuslar nima degani?
arrow
Bu Yandex.Taxi xizmatining maxsus hamkorlik dasturidir. Biz bonuslarni taksi parklariga beramiz, ular esa yaxshi ishlaganingiz uchun sizga taqdim qilishadi. Shu tariqa haydovchilarning daromadi oshadi.
Ish shartlarini tanlash mumkinmi?
arrow
Ha, tig‘iz soatlardagina buyurtmalarni bajarish yoki liniyada kuni bilan ishlash orqali daromad qilish mumkin: buni oʻzingiz hal qilasiz. Bundan tashqari, Yandex.Pro safarlarga talab yuqori bo‘lgan hududlarni binafsha rangda ajratib ko‘rsatadi va smena oxirida bekorga benzin sarflamasligingiz uchun uyga ketishda yo‘l-yo‘lakay buyurtmalarni taklif qiladi.
Ish uchun qanday mashina olgan ma’qul?
arrow
Hammasi buyurtmalar bilan qaysi tarifda ishlamoqchi ekaningizga bog‘liq. Biz mashinaning modeli, ishlab chiqarilgan yili va uning o‘rtacha bozor narxini inobatga olamiz. Ish uchun eshiklari 4 tadan kam bo‘lmagan avtomobillar mos keladi.
Qanday qilib Yandex.Taxi xizmatidan buyurtmalar olish mumkin?
arrow
Yandex.Taxi xizmati bilan haydovchi sifatida ish boshlash juda oson. Sizga Android 5.0 yoki undan yuqori versiyali operatsion tizimda ishlaydigan, kamerali, GPS moduliga va 2GB tezkor xotiraga ega smartfon kerak bo‘ladi. Yandex.Pro ilovasini yuklab oling va o‘rnating. U sizga buyurtmalar taklif qiladi, yoʻnalish tuzadi, safar narxini hisoblaydi va xizmatning barcha yangiliklaridan xabardor qilib turadi. Yo‘lovchilarni izlash, qaysi yoʻl bilan yurish yaxshiroq ekanligi haqida o‘ylashga hojat yoʻq – diqqatingizni buyurtmalarga qaratishingiz mumkin.
Men professional haydovchi emasman – taksida ishlay olamanmi?
arrow
Yandex.Taxi buyurtmalari bilan 21 yoshdan katta, uch yildan ortiq haydovchilik tajribasiga va haydovchilik guvohnomasiga ega haydovchilar ishlay oladilar. Yangi ishchilarga xizmatimizning barcha o‘ziga xos xususiyatlari va sifat standartlari haqida soʻzlab beramiz. Qolgan ishlarga Yandex.Pro yordam beradi: u buyurtmani topadi, tirbandliklar va yopilgan yoʻllarni hisobga olgan holda yoʻnalishni tuzadi.
Buyurtmalar haydovchilar o‘rtasida qanday taqsimlanadi?
arrow
Yandex.Taxi buyurtmalar tizimi buyurtmalarni avtomatik tarzda taqsimlaydi. U yo‘lovchiga tarif va qo‘shimcha talablar boʻyicha mos keladigan eng yaqin mashinani izlaydi. Tizim sizga ko‘proq buyurtmalar taklif etishi uchun Yandex.Pro profilingizda toj olishingiz mumkin. Bunday toj, masalan, buyurtmalarni Yandex.Taxi belgisi yopishtirilgan avtomobillarda bajaradigan haydovchilarda boʻladi.
Taksi haydovchisi bo‘lib ishlash xavfsizmi?
arrow
Buyurtmalar olishga moʻljallangan ilova – Yandex.ProYandex.Pro orqali yordam soʻrab murojaat qilish mumkin. Shuningdek, safar davomida haydovchi va yo‘lovchilar hayoti va salomatligi sug‘urtalangan boʻladi.

Yandex.Pro

Daromad
Tig‘iz soatlar
Yo‘l-yo‘lakay buyurtmalar

Pul ishlash ilovasi yaqin o‘rtadagi buyurtmalarni taklif etadi, marshrut tuzadi va daromad haqida batafsil hisobotni tayyorlaydi

Android™ X va undan yuqori versiyada ishlovchi smartfonlar uchun

Tig‘iz soatlarda safar haqi ikki barobar
oshishi mumkin. Ko‘proq pul topish
uchun yaxshi fursat

Android™ X va undan yuqori versiyada ishlovchi smartfonlar uchun

Uyga yoki ish boʻyicha biror joyga borishingiz kerak boʻlsa, ilova shu yo‘nalishda qulay buyurtmalarni taklif qiladi

Android™ X va undan yuqori versiyada ishlovchi smartfonlar uchun

Ariza qoldiring

*Yandex.Taxi -axborot xizmati, transport va boshqa xizmatlar tashuvchilar tomonidan ko'rsatiladi.
Ishlash shartlari individual bo‘lib, ko‘rsatilganidan farqlanishi mumkin.
Google Play va Google Play logotipi Google LLC korporatsiyasining savdo belgilari hisoblanadi.
Tilni tanlang:   RU , UZ