Aksiya qoidalari. Promokodlardan foydalanish shartlari

  1. Atamalar
    • Promokod — belgilar muayyan ketma-ketligi bo‘lib, uni faollashtirsa va Promokoddan foydalanishning boshqa shartlariga javob bersa, Chegirma taqdim etiladi.
    • Chegirma — Foydalanuvchi Yandex Go mobil ilovasi orqali transport xizmatlariga (bundan keyin — buyurtma) ehtimoliy talabi haqida maʼlumot joylaganda Yandex Go mobil ilovasida koʻrsatilgan hajmdagi transport xizmatlari uchun Foydalanuvchiga beriladigan chegirmalar.
    • Kupon — Promokodni oʻz ichiga olgan va/yoki Chegirma taqdim etish shartlarini oʻz ichiga olgan hujjat (jumladan, qogʻoz kartochka yoki boshqa shakldagi tarqatma material; afisha yoki ommaga taqdim etish uchun moʻljallangan vosita; har qanday promo-material/xabar, jumladan, elektron shakldagi hujjat).
  2. Promokod Kuponda koʻrsatish orqali foydalanuvchiga yetkazilishi mumkin.
  3. Promokod undan foydalanish shartlari, shuningdek, Kupon va joriy Qoidalarda koʻrsatilgan shartlarga rioya qilganda Kuponda koʻrsatilgan hajmdagi Chegirmani olish huquqini taqdim etadi. Bunday shartlarga quyidagi shartlarning bir yoki bir nechtasi kirishi mumkin:
    • faqat birinchi safarda Chegirma taqdim etish, yaʼni mazkur Shartlarning 8-bandini hisobga olgan holda Foydalanuvchining tegishli telefon raqami va/yoki Foydalanuvchining ulangan bank kartasi va/yoki Foydalanuvchining mobil ilovasi yordamida Yandex Go (Yandex Taxi) xizmatidan foydalanib qilingan birinchi buyurtmada;
    • ilk bir nechta safar (masalan, “ilk uch safarga”) Chegirmalar taqdim etish. Bunday holatda Chegirma mazkur Shartlarning 3.1-bandida belgilanganidek birinchi safarda, shuningdek, Promokod yordamida birinchi safarga chiqqanda kelgusi safarlarning tegishli miqdorini bajarishda taqdim etiladi;
    • Chegirma faqat naqdsiz toʻlovlarda taqdim etiladi, yaʼni Yandex Go mobil ilovasida Ulangan bank kartasidan (jumladan, aksiyada ishtirok etadigan kartalarning emitentiga qarab cheklov) foydalangan holda naqdsiz usulda transport xizmati uchun toʻlov qilganda;
    • Yandex Go mobil ilovasidan (jumladan, alohida tariflardan) foydalanib buyurtma berishda faqat muayyan parametrlarni tanlaganda Chegirma taqdim etish;
    • Chegirma faqat Yandex Go mobil ilovasidan foydalangan holda, belgilangan hudud chegarasida (jumladan, marshrutning boshlangʻich va/yoki yakuniy nuqtalari boʻlgan shaharlarga cheklov) va/yoki muayyan muddat chegarasida safarga chiqishda taqdim etiladi. Koʻrsatilgan muddat tugashi bilan Promokod amal qilmaydi.

    Naqdsiz toʻlov maqsadlari uchun faqat jismoniy bank kartalari qabul qilinadi; oldindan toʻlangan bank virtual kartalari va elektron shakldagi boshqa kartalar, boshqa elektron toʻlov vositalariga tengdir, ular qabul qilinmaydi. Boshqa cheklovlar Internetda quyidagi havola orqali mavjud muayyan mamlakat uchun Foydalanish shartlarida oʻrnatilishi mumkin: https://yandex.com/legal/yandexgo_termsofuse.

    Agar bunday hududlar va/yoki muddat Kuponda va/yoki Saytda koʻrsatilmagan boʻlsa, hudud Kuponlar/Promokodlar tarqatish tashkil qilingan shahar va viloyat chegarasida cheklanadi deb hisoblanadi; muddat tegishli Kupon/Promokod omma uchun ochiq boʻlgan davrda cheklangan deb hisoblanadi.

  4. Promokodda boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, Promokod tarqalayotgan mamlakatdagi Yandex Go (Yandex Taxi) xizmati ishlaydiga shaharlarda amal qiladi.
  5. Promokodni faollashtirishda Promokod/Kupon yoki Yandex Go mobil ilovasida boshqa tartib koʻrsatilmagan boʻlsa, Chegirma hajmi qoʻllanadigan soliqlarni hisobga olib koʻrsatilgan.
  6. Agar Kupon yoki Yandex Go mobil ilovasida boshqa tartib koʻrsatilmagan boʻlsa, Promokod bir Foydalanuvchi tomonidan faqat bir marta ishlatilishi mumkin.
  7. Safar narxi va Chegirma summasi orasidagi farq, shuningdek, Chegirma summasini pul shaklida toʻlab berilmaydi.
  8. Chegirmalar faqat xizmatdan foydalanadigan va foydalanuvchilardan buyurtmalar qabul qiladigan Yandex Go maʼlumot xizmati hamkorlariga taqdim etiladi.
  9. Promokodlardan vijdonga xilof foydalanish yoki Promokodlardan foydalanishni suiisteʼmol qilishga qarshi chiqish uchun Yandex mazkur Shartlarda bevosita koʻrsatilmagan boshqa tekshiruv turlarini qoʻllash, jumladan va bular bilan cheklanmagan holda, Foydalanuvchi Yandex Go (birinchi safar) xizmatidan foydalangan holda birinchi soʻrovini rasmiylashtirayotganini tekshirish, shuningdek, Promokoddan foydalanishda tegishli suiisteʼmol qilish va/yoki nohaq foydalanish belgilarini aniqlasa, Chegirma taqdim etishdan voz kechish huquqini saqlab qoladi.
  10. Foydalanuvchi eng oxirgi mavjud versiyagacha Yandex Go mobil ilovani yangilamasa, texnik sabablarga koʻra yoki boshqa sabablarga koʻra Promokoddan foydalanish imkoni boʻlmasligi mumkin. Foydalanish sharti buyurtmaga naqdsiz toʻlov boʻlgan Promokod chegirmasi texnik sabablarga koʻra toʻlov usulini naqd pulga oʻzgartirganda va/yoki toʻlov usulini qayta naqdsiz toʻlovga oʻzgartirganda ishlamasligi mumkin.
  11. Promokodni faollashtirish Foydalanuvchining mazkur shartlariga toʻliq roziligini nazarda tutadi.
  12. Promokodni faollashtirish yoki Promokoddan foydalanishga oid murojaatlarni koʻrib chiqishda Yandex Go yordam xizmati murojaat qilayotgan foydalanuvchidan Promokodni olganini tasdiqlashini soʻrash huquqiga ega, foydalanuvchi esa uni taqdim etishi kerak: Promokod kartochkasi fotosurati, Promokod sahifasi skrinshoti va yoki yordam xizmati xodimi koʻrsatmasiga muvofiq boshqa tartibda tasdiqlash mumkin. Bunday tasdiq taqdim etilmagani bois Yandex Taxi Chegirma taqdim etishni rad etish huquqini saqlab qoladi.

Promokod qanday faollashtiriladi

Promokodni faqat faollashtirgandan keyin ishlatish mumkin. Promokodni faollashtirish uchun Yandex Go mobil ilovasida buyurtmani rasmiylashtirguncha maxsus maydonga kiritish kerak.

Agar promokodni faollashtirish imkonsiz boʻlsa, Yandex Go mobil ilovasi funksiyasi orqali yordam xizmatiga yoki support@taxi.yandex.com manziliga yozing.