Yetkazib berishga buyurtma

"Yetkazib berish" xizmati kichikroq buyumni oʻzingiz olib bora olmaydigan holatda tezda yetkazish imkonini beradi. Yetkazib berishni rasmiylashtirayotganingizda qabul qiluvchining telefon raqamini kiriting. Unga avtomobil harakatini kuzatish imkonini beruvchi havola yuboriladi. Xizmat haqini karta, Apple Pay yoki Google Pay orqali toʻlash mumkin.

Joʻnatma konvert, quti yoki paketga solingan boʻlishi, mashinaga oson joylanishi va 20 kilogramgacha vaznda boʻlishi kerak. Mashina salonini iflos qiladigan buyumlarni tashish mumkin emas.