Yandex.Plus xizmatiga ulanish

Yandex.Plus – Yandex xizmatlari uchun yagona obuna.

Plus obunachilari Fargʻonada "Komfort" tarifi, Toshkentda "Komfort" va "Biznes" tariflaridagi barcha safarlar uchun 10 % chegirma, shuningdek, boshqa xizmatlardan bonuslar olishadi.

Chegirma Oʻzbekiston hududida iOS yoki Android ilovalari orqali mashinaga buyurtma berilganda amal qiladi.

Hisobni sozlash

Dastavval telefon raqamingiz Yandex hisobiga ulanganiga ishonch hosil qiling:

  1. Yandex.Pasport orqali hisobni boshqarish sahifasiga kiring. Email va telefon raqamlari ruknida hisobga ulangan raqamlar aks etadi.
  2. Asosiy raqam sifatida Yandex Go uchun foydalanadigan raqamingiz koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar unday boʻlmasa, kerakli raqamni kiriting va uni asosiy qiling.

Shundan keyin ilovani qayta ishga tushiring. Agar iOS yoki Android uchun Yandex Go ilovasining oxirgi versiyasi oʻrnatilmagan boʻlsa, uni yangilang.

Obunani rasmiylashtirish

Yandex.Plus maʼlumotnomasida obunani qanday yoqish yoki faolsizlantirish haqida bilib oling.

Agar obuna uchun toʻlov qilib, ammo safar uchun chegirma olmagan boʻlsangiz

  1. Ilovadagi telefon raqami Yandex hisobingizga ulangan raqam bilan bir xil ekanligini tekshiring. Agar unday boʻlmasa, Yandex Go ilovasiga ulangan raqamni hisobingizga qoʻshing va uni asosiy qilib belgilang.
  2. iOS yoki Android uchun Yandex Go ilovasini yangilang.