Uy hayvoni bilan ketib boʻlmadi

Uy hayvoni bilan safar qilish uchun "Uy hayvonini tashish" variantini tanlang. Buni tarif ustiga bosib bajarish mumkin. Menyuda bunday variant yoʻq boʻlsa, haydovchiga telefon qilib, buyurtmani bajara olish-olmasligini soʻrang.

Kichik hayvonlar bilan safar qilish uchun tashish qutisini tayyorlashni unutmang. Katta it bilan safar qilmoqchi boʻlsangiz, tumshuqbogʻ va oʻrindiqni ifloslantirmaslik uchun toʻshama talab etiladi.

Hammasini bajardingiz, biroq safar amalga oshmadi – bu haqida bizga batafsil tushuntiring, masalaga oydinlik kiritishga urinamiz.